Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton Putinga qarshilik qilishga va'da berdi
AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton Suriya aholisi "Rossiya bosimi" va "Rossiya hamda Eron" kuchlarining har kungi bombalaridan jabr ko‘rayapti, deb hisoblaydi. Bu haqida u 9 oktabrda Sent-Luisdagi (Missuri shtati) Vashington universitetida raqibi Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan teledebatlarning ikkinchi raundida ma'lum qildi. Teledebatlar CNN telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.
Demokratlar vakilasi Suriya Arab Respublikasidagi vaziyatni "musibatli", deb atadi va u yerda noparvoz (parvoz amalga oshirilmaydigan) zonalar yaratishga chaqirdi. Bundan tashqari, u Rossiya Suriya taqdiriga befarqligini aytib, RF Harbiy-havo kuchlari (HHK) Halabni maqsadli yo‘q qilayotganini ta'kidladi. "Men suriyaliklar va ruslar amalga oshirgan harbiy jinoyatlarni tergov qilish hamda ularni javobgarlikka jalb qilishga doir sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlayman", - dedi Klinton.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva IShID bilan kurashga yetarlicha e'tibor qaratmayapti, u shunchaki Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlayapti. "Bizning Rossiyaga ta'sir ko‘rsatuvchi "qurolimiz" bo‘lishi kerak, chunki ular masalani diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishni xohlashmayapti", - dedi sobiq bosh kotib.
"Men Rossiyaga, Putinga qarshi bo‘lganman va prezident sifatida ham shunday qilishda davom etaman", - deya va'da berdi Klinton.
Mavzuga oid
12:04 / 11.09.2024
«Agar Tramp prezident bo‘lganida, Putin hozir Kiyevda o‘tirgan bo‘lardi». Nomzodlarning ilk debati qanday o‘tdi?
20:53 / 10.09.2024
Tramp va Harrisning ilk debati. Unda saylov taqdiri hal bo‘lishi mumkin
13:51 / 07.07.2024
Bayden Tramp bilan muvaffaqiyatsiz debatidan so‘ng ilk intervyusini berdi
16:34 / 04.07.2024