Fan-texnika | 17:08 / 12.10.2016
13012
2 daqiqa o‘qiladi

BMW kelajak elektrosiklini namoyish etdi

Foto: motor1.com

Germaniyaning dunyoga mashhur BMW kompaniyasi savdo belgisining yuz yilligi munosabati bilan yangi mototsikl kontseptini namoyish etdi. Shu yilning bahorida taqdim etilgan kontsept-kar singari ikki g‘ildirakli prototip ham Vision Next 100 nomini oldi. Unda kompaniya ishlab chiqaruvchi mototsikllar kelasi yuz yilda qanday rivojlanishini ma'lum qildi.

Kontsept uchburchakli konstruksiya atrofiga barpo etilgan bo‘lib, dizaynerlar uning tashqi ko‘rinishini BMW tomonidan 1923 yilda ishlab chiqilgan R32 birinchi mototsiklga imkon qadar o‘xshatishga urinishgan. Uning aksariyat butlovchi qismlari karbondan yasalgan.

Uni boshqarish Flexframe deb nomlangan texnologiya yordamida amalga oshiriladi. Bayker rulni burish bilan nafaqat rulni o‘zini balki butun konstruksiyani buradi. Tezlik qanchalik yuqori bo‘lsa, mototsiklchi burilish vaqtida ko‘proq kuch sarflashi talab etiladi. 

Kontseptni, hozirda ot kuchi e'lon qilinmayotgan elektromotor harakatga keltiradi. Motorning o‘ziga xos jihati shundaki, uning o‘lchami mototsikl joyida turganida kichrayadi, bayk harakatga kelganda kengayadi.

Uning bort elektronikasi qo‘shimcha reallik qoidasi asosida ishlab chiqilgan. Shunga ko‘ra, mototsiklchiga proyektsion displeyli ko‘zoynak va maxsus libos taqdim etiladi. Bu libos havo haroratiga ko‘ra isishi yoki sovushi mumkin. Bundan tashqari, kostyum qiyalik burchagi xavfli bo‘lgan vaqtda titraydi. 

Vision Next 100 mototsikli BMW kompaniyasining o‘z yuz yilligiga tayyorlagan to‘rtinchi sovg‘asi bo‘ldi. Avvalroq, ushbu kompaniyaga tegishli Rolls-Royce va MINI modellarining ham yuz yillikka bag‘ishlangan kontseptlari ishlab chiqilgan edi. 

 

Mavzuga oid