Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyosh tizimida yangi sayyora aniqlandi
Foto: Globallookpress.com
Michigan universitetida faoliyat olib boruvchi amerikalik olimlar Quyosh tizimida yangi mitti sayyora kashf qilishdi. Osmon jismi haqidagi ma'lumot Xalqaro astronomiya ittifoqi saytida taqdim qilingan, The Washington Post bu haqida qisqacha ma'lumot berdi.
2014 UZ224 mitti sayyorasi Quyoshdan 38-180 astronomik birlik masofasida cho‘zilgan orbita bo‘ylab harakatlanmoqda. Osmon jismi 1136 yilda quyosh bo‘ylab to‘liq aylanib chiqadi. 2014 UZ224 diametri 420-1180 kilometrni tashkil qiladi.
Hozirda bu sayyora Quyoshdan taxminan 91 astronomik birlik masofada joylashgan. 2014 UZ224 osmon jismi birinchi marta 2014 yilning 19 avgustida aniqlangan. Bu kashfiyot haqida 2016 yilning 11 oktabrida e'lon qilindi.
Quyosh tizimida jami 8 sayyora mavjud. Ularning eng yirigi va salmoqlisi - Yupiter. 2016 yilning yanvarida amerikalik olimlar to‘qqizinchi sayyora nomiga da'vo qiluvchi nomzodni aniqlashdi. Bugungi kunga qadar mitti sayyora nomiga da'vogar 50tacha nomzod mavjud.
Mavzuga oid
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:47 / 01.10.2025
Infografika: Quyosh tizimi cho‘qqilari oldidagi mitti Everest
20:07 / 28.07.2025
Ismi erkak, jismi ayol: kashfiyotlarga yo‘l ochgan jasur ayollar tarixi
12:27 / 24.12.2024