Miçigan universitetida faoliyat olib boruvçi amerikalik olimlar Quyoş tizimida yangi mitti sayyora kaşf qilişdi. Osmon jismi haqidagi ma'lumot Xalqaro astronomiya ittifoqi saytida taqdim qilingan, The Washington Post bu haqida qisqaça ma'lumot berdi.
2014 UZ224 mitti sayyorasi Quyoşdan 38-180 astronomik birlik masofasida çözilgan orbita böylab harakatlanmoqda. Osmon jismi 1136 yilda quyoş böylab töliq aylanib çiqadi. 2014 UZ224 diametri 420-1180 kilometrni taşkil qiladi.
Hozirda bu sayyora Quyoşdan taxminan 91 astronomik birlik masofada joylaşgan. 2014 UZ224 osmon jismi birinçi marta 2014 yilning 19 avgustida aniqlangan. Bu kaşfiyot haqida 2016 yilning 11 oktabrida e'lon qilindi.
Quyoş tizimida jami 8 sayyora mavjud. Ularning eng yirigi va salmoqlisi - Yupiter. 2016 yilning yanvarida amerikalik olimlar töqqizinçi sayyora nomiga da'vo qiluvçi nomzodni aniqlaşdi. Bugungi kunga qadar mitti sayyora nomiga da'vogar 50taça nomzod mavjud.












