Light | 17:11 / 12.10.2016
10552
2 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun McDonald's Ronald Makdonaldni yashirib qo‘yadi?

Foto: AP

McDonald's tez taomlanish restoranlari tarmog‘i kompaniya ramzi hisoblangan masxaraboz Ronald Makdonaldning omma oldida ko‘rinish berishini kamaytiradigan bo‘ldi. Bunga so‘nggi paytda masxarabozlar libosini kiygan kishilarning amerikaliklarga tez-tez  hujum qilishi sabab bo‘lgan. The New York Post shu haqida ma'lum qildi

"McDonald’s va mahalliy bozorlardagi franshizalar masxarabozlar paydo bo‘lgan vaziyatlarni yaxshi eslashadi, shu bois ular Ronald Makdonaldning ma'lum bir vaqt davomida jamoatchilik tadbirlarida ishtirok etmasligini ma'lum qiladi", - deyiladi kompaniyaning rasmiy saytida. 

Bunday qaror Twitter'da tanqidga uchradi. "Masxarabozlarning paydo bo‘lish holatlari kompaniyani Ronald Makdonaldning omma oldida namoyon bo‘lishini cheklashga majbur qildi. Hayotimizni shu tarzda o‘zgartirayotgan bir vaqtimizda masxarabozlar g‘olib bo‘lishadi", - deydi yozuvchi Jon Ekaff.

Noma'lum masxarabozlarning paydo bo‘lishi haqidagi xabar avgust oyining oxirlarida tarqaldi. Manbaga ko‘ra, turli shtatlarda odamlar bolalarga pul taklif qilib, ularni o‘rmon tomonga jalb qilishga urinishgan. Bu bolalarning o‘ylab topgan gapi bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiya inkor etilgan, chunki masxarabozlarni kattalar ham ko‘rishgan. 

Huquq-tartibot xodimlarining ma'lumotlariga ko‘ra, Amerikaning Jorjiya, Alabama va Virjiniya shtatlarida yuqorida qayd etilgan "hazillar"da ayblangan 12 kishi qo‘lga olingan. Pensilvaniyadagi 16 yoshli Kristian Torresning o‘limini ham "masxaraboz vahimasi" bilan bog‘lashmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid