Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada shaxtyorlar 140 mln funt qiymatidagi sof nefritni topishdi
Myanmada konchilar 175 tonna miqdoridagi ulkan nefrit bo‘lagini topishdi. Telegraph xabariga ko‘ra, ulkanligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda qayd etilgan bu sof holdagi nefrit bahosi 140 mln funt.
Xabar qilinishicha, shaxtyorlar Kachin shtatida qidiruv ishlari olib borayotganida qimmatbaho tosh bo‘lagiga duch kelishgan. Uning balandligi 2,7 metr, eni - 5,4 m, og‘irligi esa 175 tonna.
Dunyodagi eng yirik nefrit bo‘lagi Xitoydagi Nefrit buddalari ibodatxonasida joylashgan. Uning og‘irligi 260 tonna.
Myanma dunyodagi eng asosiy nefrit yetkazib beruvchi mamlakat hisoblanadi. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, nefrit qazib olishdan ko‘riladigan daromad mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb yarmini tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:09 / 07.04.2025
Myanmadagi vayronkor zilzila sabablari aytildi
23:38 / 29.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
16:15 / 29.03.2025
Myanma va Tailanddagi zilziladan jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - konsulxona
08:18 / 26.12.2022