Jahon | 12:43 / 16.10.2016
6981
1 daqiqa o‘qiladi

Tailand shahzodasi marhum qirolning dafn marosimidan keyin taxtga chiqadi

Foto: AFP

Tailandning marhum qiroli Pxumipon Aduldetning yagona o‘g‘li Maxa Vachiralongkorn o‘z otasi dafn qilingach, taxtga chiqadi. Bu haqda Reyter agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Adulyadetning dafn marosimiga bir necha oy talab etiladi. Ayni vaqtda davlatni sobiq bosh vazir, iste'fodagi general, 96 yoshli Prem Tinsulanon boshqarib turibdi.

Tailand qiroli 13 oktabr kuni 70 yillik hukmronlikdan keyin 89 yoshida vafot etdi. Mamlakatda 1 yillik motam e'lon qilingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid