O‘zbekistonda ayrim jinoyat turlariga qamoq jazosi belgilash bekor qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Prezident farmonini imzoladi.
Unga muvofiq, 2017 yilning 1 aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta'minlash, sud muhokamasini adolatli va o‘z vaqtida o‘tkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyati kengaytirilmoqda.
Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning tezkorligini oshirish doirasida:
jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga;
qamoqqa olish va uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovning eng ko‘p muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.
“Xabeas korpus” instituti qo‘llanishini yanada kengaytirish doirasida prokurorlarning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishga sanksiya berish bo‘yicha vakolatlari sudlarga o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari, sudga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qo‘llash imkoniyati berilmoqda.
Manba: O‘zA
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06 / 01.04.2025
Mavzuga oid

11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti

21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi

09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi

19:48 / 29.04.2024