Jamiyat | 17:54 / 23.10.2016
10498
2 daqiqa o‘qiladi

Omskda politsiyachilar mushtlashayotgan politsiyachilarni tinchitish uchun politsiyachilarni yordamga chaqirdi

Foto: © RIA Novosti

Rossiyaning Omsk viloyati, Kalachinsk shahridagi politsiya bo‘limi xodimlaridan birining tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan ziyofat vaqtida ziddiyat yuzaga keldi. «Omsk-inform» ma'lumotiga ko‘ra, 15 oktabr kunida mushtlashuv ro‘y bergan, bu haqda endi ma'lum qilindi.

Tug‘ilgan kun marosimi Kalachinsk shahridagi oshxonalardan birida o‘tkazilayotgandi. Unda 60 nafarga yaqin politsiyachi yig‘ilgan, aynan shu politsiyachilar o‘zaro mushtlashgan. Voqea ro‘y bergan hududda navbatchi bo‘lgan politsiyachilar bu nizoni bartaraf etishda yordam berishi uchun boshqa politsiyachilarni yordamga chaqirishga majbur bo‘lgan. Voqea joyiga shahar politsiya bo‘limi boshlig‘i Mixail Chemodanov ham yetib kelgan.

Mushtlashuv ro‘y bergan zalga jiddiy shikast yetgan, oshxonadagi mebellar, idishlar va boshqa buyumlar yaroqsiz holatga kelgan hamda moddiy zarar yetkazilgan. Jabrlanuvchilar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Hodisa sababi hozircha aniqlanmadi. 

Mavzuga oid