Rossiyaga boruvçi yölovçilarga qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida joriy yilning 15 fevral kunidan e'tiboran Toşkent-Omsk yönalişida muntazam avtobus qatnovlari yölga qöyiladi.
Transport vazirligi xabariga köra, mazkur yönalişda Uzautotrans Service korxonasi öz avtobuslarida xizmat körsatadi. Qatnovlar haftaning seşanba va şanba kunlariga belgilangan. Şaharlar örtasidagi 2200 km masofani avtobuslar 32 soatda bosib ötadi.
Uşbu yönaliş böylab ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00da “Toşkent” avtovokzalidan Omsk şahrining “Komarova” avtovokzali tomon harakatlanişni boşlaydi. Mazkur yönaliş böyiça çipta narxi 450 000 söm etib belgilangan.
“Uzautotrans service korxonasi tomonidan yölovçilarga yuqori darajada servis xizmatini körsatiş va taşuvlar xavfsizligini ta'minlaş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Yönalişga çiqişdan oldin avtobuslar texnik körikdan haydovçilar esa tibbiy körikdan ötkaziladi. Yölovçi taşiş faoliyati suğurta kompaniyasi tomonidan suğurtalangan”, - deyiladi xabarda.











