Özbekistonning Novosibirsk şahridagi (Rossiya) Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning 30 avgust kuni Omsk oblastining Moskalenki tumanidagi avtomobil yölida yöl-transport hodisasi röy bergan.

TIV xabariga köra, YTH oqibatida uç kişi, xususan Özbekiston fuqarolari A.S. va N.M. halok böldi, Özbekiston fuqarolari G.S. va M.A. turli darajadagi köp sonli oğir jarohatlar olib, Moskalenki tuman kasalxonasiga yotqizildi. Ularga tegişli yordam körsatilmoqda hamda Omsk şahridan mutaxassislar ham çaqirtirildi.


Boş konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Omsk oblasti huquqni muhofaza qiluvçi organlari va davolovçi şifokorlar bilan aloqa örnatgan. Hozirda hamyurtlarimizning jasadlarini vatanga yuboriş va jabrlanganlarga yordam körsatiş bilan boğliq konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalar hal qilinmoqda.
Omsk oblasti Yöl harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xabariga köra, mazkur hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatiladi.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Oltoy ölkasi, Buryatiya Respublikasi, Irkutsk oblasti, Baykal orti ölkasi, Kemerovo oblasti, Krasnoyarsk ölkasi, Novosibirsk oblasti, Novosibirsk şahri, Omsk oblasti, Tomsk oblasti, Tuva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda mamlakatning Novosibirsk şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +7-383-246-04-85, +7-383-246-04-84, +7-383-246-04-63, +7-383-246-04-64.











