Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Gulenning qarindoshlari ushlandi
Turkiyada muxolif imom Fathulla Gulenning qarindoshlari – Husayn Gulen va Bushra Gulen "Fathullachilar terrorchilik tashkiloti" (FeTO) faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinib Izmirda hibsga olindi.
Hürriyet gazetasining ma'lum qilishicha, Gulen jiyanlari shuningdek barcha uzatiluvchi ma'lumotlarni shifrlovchi Bylock dasturini ishlatishda gumon qilinmoqdalar. Turk razvedkasining fikricha, bu dasturdan Turkiyada 16 iyulga o‘tar kechasi sodir etilgan davlat to‘ntaruviga urinish ishtirokchilari foydalanganlar.
Avvalroq Turkiyada Gulenning ukasi Qutbiddin Gulen, uning jiyanlari Amina, Kamol Gulen, Adbulloh Qorujuk va Muhammad Said Gulen hibsga olingandi.
Iyul oxirida FeTOga qarshi choralar doirasida bu tashkilot bilan bog‘langan bir necha ming tashkilot yopilgandi. 82 ming kishiga nisbatan tergov harakatlari amalga oshirilgan, 35 mingga yaqin kishi hibsga olingan.
Mavzuga oid
19:07 / 11.06.2020
Turkiyada AQSh bosh konsulxonasi xodimi qariyb 9 yilga qamaldi
20:03 / 14.09.2019
Turkiyada davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumonlangan 200dan ortiq harbiyni hibsga olishga order berildi
20:23 / 14.11.2018
Turkiya 83 ta davlatdan Gulen tarafdorlarining topshirilishini talab qildi
19:23 / 02.10.2018