Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada AQSh bosh konsulxonasi xodimi qariyb 9 yilga qamaldi
Metin Topuz Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 2017 yil oktyabrda qo‘lga olingandi. Vashington uni va AQShning Istanbuldagi bosh konsulxonasining qo‘lga olingan yana ikki xodimini qo‘yib yuborishni talab qilmoqda.
Turkiya sudi AQShning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xodimi Metin Topuzni "terrorchi guruh bilan hamkorlik"da aybdor deb topdi va unga sakkiz yilu to‘qqiz oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Bu haqda Haber Turk telekanali xabar berdi.
Turkiya prokuraturasi FeTO terrorchilik guruhi bilan aloqadorlik va josuslikda ayblangan Topuzni 15 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘ragandi.
Metin Topuz Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 2017 yil oktyabrda qo‘lga olingandi. Vashington uni va AQShning Istanbuldagi bosh konsulxonasining qo‘lga olingan yana ikki xodimini qo‘yib yuborishni talab qilmoqda.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, Topuz Anqara 2016 yildagi davlat to‘ntarishiga urinishga aloqador deb hisoblaydigan FeTO terrorchilik guruhi bilan aloqada bo‘lgan.
2016 yil 15 iyulda Turkiya qurolli kuchlarining bir guruh askar va ofitserlari davlat to‘ntarishini amalga oshirish va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qo‘lga olishga uringandi. To‘qnashuvlar chog‘ida isyonchilarni hisobga olmaganda 250 kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026