Jamiyat | 07:55 / 26.10.2016
7505
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shiqchi Jastin Timberleyk bir oyga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

AQShlik qo‘shiqchi Jastin Timberleyk AQSh prezidenti lavozimiga muddatdan avvalgi saylov vaqtida saylov uchastkasida olgan surati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. 

SNN telekanalining ma'lum qilishicha, Timberleykning o‘zining ona shtati Tennessida olgan va instagramga joylashtirgan selfisi taqiqlab qo‘yildi. Shtat qonuniga ko‘ra, saylov uchastkalarida mobil telefonni faqatgina "saylovchiga tanlovni amalga oshirishda yordam berishda axborot maqsadlarida" qo‘llashga ruxsat berilgan.

Qo‘shiqchi suratga bergan izohda barchani saylovda ishtirok etishga chaqirgan va "Muddatdan avvalgi saylovlar sizning shahringizda bo‘lishi mumkin. Agar bo‘lmasa, unda 8 noyabrda! Ovozga ega bo‘lish uchun tanlang!", deb yozuv qoldirgan.  

Shelbi okrugi prokuraturasida Timberleykning bu xatti-harakati haqidagi ma'lumot ko‘rib chiqilayotgani va agar u aybdor deb topilsa 30 kunga qamoqqa qamalishi va/yoki 50 dollar miqdorida jarima to‘lashi mumkinligi aytilgan.

AQSh prezidenti saylovlari 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Biroq mamlakatning 32 shtatida hozirdanoq ovoz berish mumkin.  

edition.cnn.com

 

Mavzuga oid