Italiya markazida bir kun ichida uchinchi marta zilzila ro‘y berdi
Italiyaning markaziy hududlarida bir sutka davomidagi uchinchi yer silkinishi qayd etildi, deb xabar qilmoqda RaiNews24 telekanali. Bu haqda, Italiya fuqarolik mudofaasi xizmati rahbari Fabritsio Kurcho ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, 4,6 ballik uchinchi zilzila avvalgi ikkita kuchli yer silkinishi ro‘y bergan hududda sodir bo‘lgan.
Kurchoning ta'kidlashicha, vaziyat u darajada qaltis emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida halok bo‘lganlar yoki jiddiy jarohatlanganlar yo‘q. Biroq, ayrim kishilar tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishgan.
Bundan avval, Italiyaning markaziy hududlarining Rim shahriga yaqin yerlarida 5,5 ballik zilzila ro‘y bergan edi. Shundan so‘ng, ko‘p o‘tmay Peruja shahridan 68 km uzoqlikda 6,0 ballik yer silkinishi yuz bergan.
Mavzuga oid
12:30 / 23.09.2024
Toshkentda birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkaziladi
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
15:52 / 09.09.2024