Özbekistonning Rim şahridagi elçixonasi ma’lumotiga köra, taşrif davomida Toşkent şahrida 24 sentabr kuni birinçi Özbekiston-Italiya ta’lim forumi ötkaziladi.

Tadbirda Italiyaning Turin politexnika, Venetsiyaning Ka-Foskari, Bolonya, Piza, Bikokka Milan, Roma Tre, Tuşşa va Siyena universitetlari kabi 20 dan ortiq yetakçi oliy öquv yurtlari, Özbekiston tomonidan esa 46 ta yetakçi oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlari iştirok etadi.

Forum doirasida ikki davlat universitetlari örtasida bir qator qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşirişga oid hamkorlik şartnomalari imzolanişi rejalaştirilgan.

Özbekiston-Italiya ta’lim forumi kun tartibidan talabalar va professor-öqituvçilar almaşinuvi, pedagoglar malakasini oşiriş, universitetlararo hamkorlik, ilmiy tadqiqot loyihalarini qöllab-quvvatlaş va sohaning boşqa muhim masalalari muhokamasi örin olgan.