Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiya qishloq xo‘jaligi konfederatsiyasi (CIA – Confederazione Italiana Agricoltori) prezidenti Kristiano Fini bilan uchrashuv o‘tkazdi.
CIA prezidenti O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda jadallashayotgani va mamlakat qishloq xo‘jaligidagi yuksak salohiyatidan xabardorligini ma’lum qildi.
"O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyormiz", – dedi Kristiano Fini.
Muloqot davomida tomonlar qishloq xo‘jaligida o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, savdo va investitsiya, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy tadqiqot va ta’lim sohalarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Italiyaning irrigatsiya, urug‘chilik, ko‘chatchilik, bog‘dorchilik, mahsulotlarni qadoqlash va qayta ishlash borasidagi tajribasini o‘rganish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026