Jahon | 23:25 / 28.10.2016
13297
2 daqiqa o‘qiladi

Roshen kompaniyasi Putinning gaplariga izoh berdi

Foto: /TASS

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga tegishli Ukrainaning Roshen qandolatchilik kompaniyasi oxirgi ikki yil ichida Rossiyaning Lipetskdagi aktivlaridan 72,2 mln dollar olgan va uni Ukrainaga olib chiqib ketgan. Bu haqda kompaniya saytida aytilgan.  

Ta'kidlanishicha, Ukrainaga yuqoridagi qiymatdan 5 mln dollarga yaqini to‘langan. Yana 9,3 mln dollar xayriya ishlariga yo‘naltirilgan.  

Roshen boshlig‘i Vyacheslav Moskalevskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday forumida kompaniyani eslab o‘tganiga izoh berdi. Putin Rossiya mulkchilik huquqini hurmat qilishga harakat qilishini, bu qaror kompaniyaning Lipetsk viloyatidagi fabrikasiga ham taalluqli ekanini aytgan.     

"Biz uchun Rossiya prezidenti kabi yirik shaxsning bizning Lipetskdagi fabrikamiz faoliyati kabi mayda narsalar bilan qiziqishi taajjublidir. Bundan tashqari, biz uning maxsus xizmatlari haqida yaxshiroq fikrda edik, chunki ular unga Pyotr Alekseyevich Poroshenko fabrikaning egasi hisoblanmasligini aytishlari kerak edi – u yanvarda o‘zining "Roshen"dagi ulushini mustaqil trastga berish shartnomasini imzolagan", deb aytildi Moskalevskiy bayonotida.
 
Uning fikricha, fabrikadagi tekshiruvlar va jinoiy ishlar ortida Putin turadi va aynan u deb minglab rossiyaliklar ishlaridan ajrashdi.

 

Mavzuga oid