Rossiyaning Lipetsk şahri va Lipetsk viloyati 9 avgust, jumaga ötar keçasi dronlar yirik hujumiga uçradi. Bu haqda Moskva vaqti bilan soat 1.46 dan 7.40 ga qadar özining Telegram-sahifasida dron hujumlari mavzusida avvaliga «qizil», keyin esa «sariq» xavf darajasi haqida yigirmata yozuv kiritgan viloyat gubernatori Igor Artamonov ma’lum qildi.

Xususan, Moskva vaqti bilan soat 3.38 da Artamonov energetika infratuzilmasi obektiga zarar yetkazilgani, natijada elektr ta’minotida uzilişlar yuz bergani haqida xabar qilgan. Taxminan bir soat ötgaç, u Lipetsk şahar okrugi hududida «portlovçi obektlarning portlaşi oqibatlarini bartaraf etiş uçun» favqulodda rejim joriy etilayotganini yozdi. Hududdagi 4 ta aholi punkti evakuatsiya qilindi. Gubernatorning sözlariga köra, UUA hujumi natijasida 9 kişi jarohatlangan. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Lipetsk viloyati böyiça boş boşqarmasi mintaqada joylaşgan harbiy aerodromda yonğin sodir bölganini ma’lum qildi. «Uçinçi raqamdagi harbiy aerodromda yonğin sodir böldi», — deyiladi departament xabarida. Astra Telegram-kanaliga köra, aerodromdagi dron hujumidan söng öq-dorilar ombori yonib ketgan bölişi mumkin. 

Rossiyaning beşta hududida havo hujumi haqida ogohlantiriş e’lon qilindi 

Agentlik ma’lumotlariga köra, Lipetsk viloyatidan taşqari, 9 avgustga ötar keçasi qöşni Kursk, Bryansk, Belgorod va Voronej viloyatlarida ham havo hujumi haqida ogohlantiriş e’lon qilingan. Qrimda ham dron hujumlari qayd etilgan. Kreml tomonidan tayinlangan şahar «gubernatori» Mixail Razvojayevning sözlariga köra, Ukraina uçta uçuvçisiz uçoqlari va «Neptun» raketasi Sevastopol port şahri yaqinida dengiz uzra urib tuşirilgan. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi ertalab Lipetsk viloyati osmonida tunda 19 ta dron urib tuşirilgani haqida xabar berib, Rossiya Federatsiyasi hududlariga tungi hujumda jami 75 ta dron iştirok etganiga aniqlik kiritdi. Vazirlik ma’lumotlariga köra, ulardan 26 tasi Belgorod, yettitasi Kursk, beştasi Bryansk, törttasi Voronej, bittasi Orol, beştasi Qrim, sakkiztasi Qora dengiz uzra urib tuşirilgan.

Kursk viloyatida janglar

Kursk viloyatining Sudjanskiy va Korenevskiy tumanlarida oxirgi uç kundan beri janglar davom etmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi va harbiy ekspertlar ma’lumotlariga köra, Ukraina armiyasining bölinmalari Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelgan. Kamida ikkita rossiyalik harbiy xizmatçi asirga olindi va rus armiyasi Ka-52 vertolyotini yöqotdi - u FPV-dron tomonidan urib tuşirildi.