Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamalishi mumkin. U qotillikda ayblanmoqda

Foto: Yuriy Strelets / Kommersant'
Rossiya Tergov qo‘mitasining Lipetsk oblasti bo‘yicha boshqarmasi xabar qilishicha. Lipetskning Pravoberejniy okrugi bo‘yicha tergov bo‘limi O‘zbekistonning 46 yoshli fuqarosiga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha tergovni yakunladi.
Tergov ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yil 23 sentabr kuni kechqurun o‘zaro bazm vaqtida erkak 38 yoshli qo‘shnisi va uning 36 yoshli turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan.
U qotillikni o‘ta shafqatsizlik bilan amalga oshirgan, avvaliga tananing hamma joyiga pichoq bilan jarohat yetkazgan, so‘ng jasadlarni bo‘laklarga ajratgan va uy yoniga yashirgan.
Qarindoshlar izsiz g‘oyib bo‘lgan er-xotinni qidira boshlashgan, qo‘shni erkak esa huquq-tartibot idoralaridan yashirinib yurgan, keyinchalik u qidiruvga berilgan.
Tez orada qurbonlarning jasadlari topildi, jinoyat ishi bo‘yicha tergov boshlandi.
Ayblanuvchi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi, O‘zbekiston fuqarosi qamoqqa joylashtirilgan.
Tergov ko‘plab sud ekspertizalarini o‘tkazdi, hozirgi vaqtda jinoyatga oid barcha dalillar to‘plangan, ish sudga oshirilgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Lipetsk oblasti bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu modda bo‘yicha maksimal jazo - umrbod ozodlikdan mahrum etish.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
-
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov
Jahon | 23:03 / 23.05.2025
-
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi
Jahon | 22:56 / 23.05.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025