Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: NATO Rossiya bilan yangi sovuq urushni xohlamaydi
Foto: Getty Images
NATO Rossiya bilan ziddiyatga borishni va yangi sovuq urushi takrorlanishini xohlamaydi, deya bayonot bergan alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg VVS telekanaliga bergan intervyusida.
NATOning Sharqiy Yevropada 4 ming nafar qo‘shimcha kuchlarini joylashtirish qarori to‘xtatib turish ishorasi hisoblanadi, deb izoh bergan Stoltenberg. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror mavjud kelishmovchilikni kuchaytirish o‘rniga unga barham berishi kerak.
Stoltenbergning ishontirishicha, NATO rahbariyati Rossiya inkor etib bo‘lmas tahdid solayapti, deb hisoblamaydi. Alyans shunchaki, Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududiga joylashtirilishi hamda Rossiya tomoni Yevropa mamlakatlarini qo‘rqitish uchun foydalanayotgan "yadro ritorika"siga javob bermoqda.
Stoltenberg NATOning 16 a'zo davlati Sharqiy Yevropaga qo‘shinlarini joylashtirishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Ma'lumki, 2017 yil boshida Boltiq mamlakatlari va Polshada AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Kanada harbiy batalonlari joylashtiriladi.
Mavzuga oid
15:20
Rossiya Ukrainadan uchirilgan 140 tadan ortiq dron tutib olinganini ma’lum qildi
14:51
BM: Germaniyadagi ayrim kompaniyalar mahsuloti Rossiyaga yetib borgan bo‘lishi mumkin
13:33
🔴 LIVE: OMON qo‘lida o‘lgan o‘zbek: nega vaziyat faqat yomonlashib boryapti?
09:15