Bu haqda AQŞ prezidentining 12 may kuni Xitoyga uçib ketişidan oldin jurnalistlar bilan muloqoti çoğida aytgan sözlaridan ma’lum böldi.

Jurnalistlardan biri Trampga: “Siz va Putin örtasida Rossiya butun Donbassni olişi kerakligi haqida qandaydir tuşuniş bormi?” degan savolni bergan.

Tramp esa bu savolga qisqaça: “Yöq”, — deb javob qaytargan.

Mazkur muloqot videosidan parça X tarmoğidagi Clash Report mikroblogida e’lon qilingan.

Donetsk oblasti ustidan qaysi tomon nazorat örnatişi Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralardagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.

Moskva bir neça bor tinçlik muzokaralariga tayyorligini bildirgan, biroq buni Ukraina qöşinlarining Donetsk, Luxansk, Xerson va Zaporijjya viloyatlaridan töliq çiqib ketişi bilan boğlab kelmoqda.

Kreml uşbu hududlarni 2022 yilda ötkazilgan “referendumlar” natijasiga köra Rossiya hududi deb hisoblaydi.

Aprel oyi oxirida The New York Times tört nafar anonim manbaga tayanib, Ukraina vakillari Rossiya hali ham harbiy yöl bilan egallaşga urinayotgan Donbass hududining bir qismini “Donnilend” deb ataş taklifini bildirganini yozgan.

Naşrga köra, bu taklif Trampning xayrixohligiga erişiş maqsadida ilgari surilgan bölişi mumkin.

AQŞ vitse-prezidenti J.D. Vens hududiy bahs “bir neça kvadrat kilometr” haqida ekanini aytganidan söng, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 12 aprel kuni Rossiya va Ukraina örtasidagi hududiy kelişmovçilik Donetsk viloyatining Moskva hali nazorat qilmayotgan taxminan 17–18 foizi bilan boğliqligini bildirgan.

Fevral oyi oxirida hududiy kelişmovçiliklar sabab Ukrainadagi tinçlik muzokaralari boşi berk köçaga kirib qolgan.

Keyinçalik Vaşington e’tibori AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşiga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

https://www.dw.com/ru/tramp-otricaet-nalicie-u-nego-dogovorennostej-s-putinym-o-peredace-donbassa-rf/a-77138877