Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda D5 raqamli avtomobilni videotasvirga tushirgan kishi qo‘lga olindi
Foto: Credit: Supplied
Dubay politsiyasi joriy oyda deyarli 9 million dollarga xarid qilingan D5 davlat raqamli avtomobilni avtoturargohda videoga tushirgan kishini qo‘lga oldi.
Al Barsha politsiyasi Dubayda nogironlar uchun ajratilgan avtoturargohda D5 raqamli mashina va transport vositasining egasi ishtirokidagi videoni tasvirga tushirgan kishini qo‘lga oldi. Eslatib o‘tamiz, 8 oktabrda RTA tomonidan tashkillashtirilgan kimoshdi savdosida ishbilarmon ushbu D5 belgisi uchun 33 million dirham, ya'ni 8,9 million dollar to‘lagan.
General-mayor Halil Ibrohim Al-Mansuriy, Dubay politsiya boshlig‘ining tergov ishlari bo‘yicha yordamchisi qo‘lga olingan shaxsning video tasvirga tushirilgan joy yaqinida ishlashini ma'lum qildi. Gumondorning shaxsi Kiberjinoyatchilik bilan kurashuvchi departament tomonidan aniqlangan. Avtomobil egasidan ariza kelib tushganidan so‘ng aybdor qo‘lga olingan.
Dubay politsiyasi biror bir fuqaro ruxsatisiz uni suratga yoki videoga olish hamda ularni internetga joylashtirish taqiqlanishini eslatib o‘tdi. Shu mazmundagi qonunbuzarliklar yuzasidan We Are All Police ilovasi orqali xabar berish mumkin.
Al Barsha politsiyasi rahbari Yusuf Al Odeydiy qo‘lga olingan shaxsning "avtomobil sohibi nufuziga putur yetkazish niyati bo‘lmaganligi, shunchaki uning atrofida odamlar to‘planganini ko‘rganidan keyin videoga olgani"ni ma'lum qildi. Shundan so‘ng u bu videotasvirni qarindoshi va do‘stiga yuborgan, videoning internetda bu qadar mashhurlikka erishganidan o‘zi ham hayratlangan.
Mavzuga oid
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:08 / 24.03.2026
Toshkent–Dubay yo‘nalishidagi qator reyslar bekor qilindi
23:11 / 18.03.2026