Poroshenkoning o‘g‘li soliq deklaratsiyasi topshirdi
Ukraina prezidentining o‘g‘li, xalq deputati Aleksey Poroshenko elektron soliq deklaratsiyasini topshirdi. Ushbu hujjat Ukraina reyestri saytida chop etildi. Bu haqda gazeta.ru xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Aleksey Poroshenko Vinnitsadagi ofis (178,50 kv. m) va Kiyevdagi kvartiraning 50 foizi egasi hisoblanadi.
Uning Yuliya ismli rafiqasi hamda Pyotr va Yelizaveta ismli farzandlari bor.
Ta'kidlanishicha, Poroshenko uchta avtomobilga: 1981 yilda ishlab chiqarilgan "GAZ", BMW 320i Cabrio va Land Rover Discovery 4.0’ga ega.
Aleksey Poroshenko asosiy ishi bo‘yicha 77,2 ming griven, uning rafiqasi 1,96 mln griven ishlab topgan. Poroshenko deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish bo‘yicha 80,889 ming griven olgan.
Poroshenko rafiqasining bank hisob raqamlarida 205 ming dollar, 137,7 ming yevro va 230 ming griven, uning o‘zida esa 15 ming dollar borligi ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024
Jamoat transporti uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi
20:38 / 14.09.2024