Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiyada parlament saylovlarida Mustaqillik partiyasi yetakchilik qilmoqda
Islandiyadagi parlament saylovlarida 80 foiz byulleten hisoblab chiqilgandan keyin Mustaqillik konservativ partiyasi yetakchilik qilmoqda, deb Islandiya markaziy saylov komissiyasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"79,5 foiz ovoz hisoblab chiqilgandan keyin Mustaqillik partiyasi yetakchilik qilmoqda. Unga 30,1 foiz saylovchi ovoz bergan", deb ma'lum qilindi komissiyada.
2-o‘rinda "So‘l yashillar" partiyasi 16,8 foiz bilan bormoqda. Piratlar partiyasi 13,8 foiz bilan 3-o‘rinni egallamoqda. Piratlar "sardori" Birgitta Yonsdottir bu yaxshi natija ekanini, partiyaning ko‘pchilik a'zosi parlamentga o‘ta olishini aytgan.
Islandiya altingiga (parlament) saylovlar muddatdan avval o‘tkazilmoqda. Saylovlar 2017 yil may oyida o‘tishi kerak edi, biroq Islandiyani "Panama hujjatlari" chop etilgandan keyin qamrab olgan siyosiy inqirozdan chiqishi uchun muddatdan avval o‘tkazish belgilandi. Hujjatlarga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Sigmyundyur David Gyunnleygsonnning rafiqasi nomiga Britan Virginiya orollarida ofshorlar ro‘yxatga olingani ma'lum bo‘lgandi. Shu sababli bosh vazir iste'foga ketishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:00 / 09.06.2026
Armaniston yevropacha kelajakni tanladi - YeI rahbarlari
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
21:50 / 21.10.2025
Islandiyada birinchi marta qon so‘ruvchi chivinlar topildi
21:25 / 03.06.2025