8 iyun kuni Yevropa Ittifoqi rahbarlari Nikol Paşinyanni saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi. Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Armanistonni demokratiya yölidan borayotgan va Yevropa bilan munosabatlarni tobora mustahkamlayotgan muhim hamkor sifatida baholadi.
Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallasning ta’kidlaşiça, Armaniston xalqi taşqi bosimlarga qaramasdan Yevropa kelajagi tomon tanlov qilgan. Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta esa mamlakatning tinçlik, barqarorlik va xalqaro hamkorlikka asoslangan yölni tanlaganini yuqori baholadi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers ham Paşinyan va Armaniston xalqini tabriklab, mamlakat aholisi demokratiya va tinçlik tarafida aniq tanlov qilganini ta’kidladi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa Armaniston suverenitetini qöllab-quvvatlaş va Yevropa bilan aloqalarni yanada çuqurlaştiriş böyiça hamkorlikni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.
Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes Armaniston aholisi barqarorlik va Yevropa bilan yaqinlaşuv tarafida ovoz berganini qayd etgan bölsa, Polşa boş vaziri Donald Tusk mamlakat özining siyosiy yölini tasdiqlaganini ta’kidladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy saylov natijalarini Armaniston mustaqilligi va suverenitetining ğalabasi deb atadi. U Yevropa Ittifoqini Yerevanni qöllab-quvvatlaşda faolroq bölişga çaqirdi.
«Hozir aynan Yevropa Ittifoqi Armanistonni amaliy jihatdan qöllab-quvvatlaşi kerak bölgan vaqt. Bu YeI uçun ham muhim sinovdir», dedi Zelenskiy.
Şuningdek, Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar Paşinyanning Ozarboyjon bilan tinçlik va yaraşuvga qaratilgan siyosati mintaqaviy barqarorlikka xizmat qilişini ta’kidladi. Hindiston boş vaziri Narendra Modi ham Paşinyanni ta’sirli ğalaba bilan tabriklab, ikki davlat örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaşga tayyorligini bildirdi.
Gurjiston, Qozoğiston va Moldova rahbarlari ham Armaniston boş vazirini saylov natijalari bilan qutlagan.
Ayni paytda Moskvada boşqaça munosabat kuzatildi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Armaniston hukumati rossiyaparast siyosiy kuçlarga bosim ötkazayotganini va Yevropa Ittifoqi mamlakat içki işlariga aralaşayotganini iddao qildi.












