Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi qurilishi boshlandi
O‘tgan hafta Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 450 MVt li ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bo‘yicha xalqaro shartnoma imzolandi. Qurilma foydalanishga kiritilgandan keyin har yili qo‘shimcha 3,28 mlrd kVt-soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
"O‘zbekenergo" AJning loyihani qurish buyurtmasini Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems kompaniyalari bajarmoqda. Loyihani moliyalashtirish Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasi kredit mablag‘lari va "O‘zbekenergo"ning shaxsiy mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Yaqin orada bosh pudratchi qurilish maydonchasini jihozlash bo‘yicha ishlar: yordamchi xonalar, ofis, omborlar, quruvchilar uchun obektlarni qurishni, qurilish maydonchasini tayyorlash, kommunikatsiyalarni o‘tkazishni boshlaydi. Jadval bo‘yicha qurilmani 2019 yilning 4-choragida foydalanishga kiritish rejalashtirilgan.
Stantsiyadagi 478 MVtli birinchi bug‘-gaz qurilmasi 2012 yil oxirida ishga tushirilgandi. Bu O‘zbekiston energetika tizimida amalga oshirilgan birinchi yirik xalqaro loyiha bo‘lgan. Stantsiya modernizatsiyalanguncha 1 kVt elektr energiya ishlab chiqarish uchun 400 gramm gaz sarflagan, hozirda bu ko‘rsatkich 220-235 grammni tashkil qiladi. Buning evaziga 2014-2015 yillarda 700 mln kub metr gaz tejab qolingan.
Chorak asr avval stansiya bor-yo‘g‘i 25 ming kVt-soat elektr energiya ishlab chiqargan, hozirda esa uning quvvati 9 mlrd kVt-soatni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
13:31 / 22.11.2024
Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirganlarga 43 mln so‘m jarima belgilandi
14:11 / 11.11.2024
Navoiyda Nexia va Exeed to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
16:28 / 01.11.2024