Ötgan hafta Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 450 MVt li ikkinçi buğ-gaz qurilmasini quriş böyiça xalqaro şartnoma imzolandi. Qurilma foydalanişga kiritilgandan keyin har yili qöşimça 3,28 mlrd kVt-soat elektr energiya işlab çiqariladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda. 

"Özbekenergo" AJning loyihani quriş buyurtmasini Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems kompaniyalari bajarmoqda. Loyihani moliyalaştiriş Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Özbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamğarmasi kredit mablağlari va "Özbekenergo"ning şaxsiy mablağlari hisobiga amalga oşiriladi.

Yaqin orada boş pudratçi quriliş maydonçasini jihozlaş böyiça işlar: yordamçi xonalar, ofis, omborlar, quruvçilar uçun obektlarni qurişni, quriliş maydonçasini tayyorlaş, kommunikatsiyalarni ötkazişni boşlaydi. Jadval böyiça qurilmani 2019 yilning 4-çoragida foydalanişga kiritiş rejalaştirilgan.  

Stantsiyadagi 478 MVtli birinçi buğ-gaz qurilmasi 2012 yil oxirida işga tuşirilgandi. Bu Özbekiston energetika tizimida amalga oşirilgan birinçi yirik xalqaro loyiha bölgan. Stantsiya modernizatsiyalangunça 1 kVt elektr energiya işlab çiqariş uçun 400 gramm gaz sarflagan, hozirda bu körsatkiç 220-235 grammni taşkil qiladi. Buning evaziga 2014-2015 yillarda 700 mln kub metr gaz tejab qolingan.

Çorak asr avval stansiya bor-yöği 25 ming kVt-soat elektr energiya işlab çiqargan, hozirda esa uning quvvati 9 mlrd kVt-soatni taşkil qiladi.