Jahon | 14:37 / 04.11.2016
2770
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada kema halokati oqibatida 54 kishi halok bo‘lgan

Indoneziyada Malayziya kemasining halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 54 nafarni tashkil qildi. Bu haqda Sinxua xabar bermoqda.

Dastlabki xabarlarda 21 kishi halokat qurboni bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq bu miqdor 34 kishi sifatida ko‘rsatildi.

Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan kishilarning jasadini aniqladi. Ayni vaqtda politsiya xodimlari hamkorligida qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. Shu vaqtgacha 41 kishi qutqarib olingan.

Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr kuni Malayziyaning Joxor-Baru portidan Indoneziyaga yo‘l olayotgan hamda bortida 90 nafarga yaqin ishchi bo‘lgan kema Batam oroli yaqinida halokatga uchradi. Guvohlarning aytishicha, kema shiddatli shamol va kuchli to‘lqinlar oqibatida ag‘darilgan.

Xabarda qayd etilishicha, kema dengizga noqonuniy ravishda chiqqan va uning bortidagi ishchilarda hujjatlar bo‘lmagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid