Sport | 10:59 / 05.11.2016
16194
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola: Messi kim bilan so‘z talashib qolganini topa olasizmi?

Foto: Twitter/FCBarcelona

Angliyaning «Manchester Siti» futbol klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «shaharliklar» murabbiylaridan biri Mikel Arteta va hujumchi Lionel Messi o‘rtasida dahanaki jang bo‘lgani haqidagi xabarga o‘z fikrini bildirdi. Voqea Chempionlar ligasining guruh bosqichi 4-tur «Barselona»ga qarshi o‘yini tanaffusida sodir bo‘lgan.

«Men Arteta bilan gaplashdim. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Chunki, u «Barselona» va Messini ham yoqtiradi. Men Mikelni yaxshi bilaman, u men uchratgan insonlar orasida eng yaxshilaridan biri. Mikelning yana bir ajoyib inson – Lionel Messi bilan tortishib qolishi mumkin emas. 

Dastlab Fernandino edi, endi Arteta. Kutaylikchi, ertaga kimni aytisharkan. Ko‘ramiz, uning kimligini topa olisharmikan», – deya Gvardiola so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal nashri.

Avval xabar berilganidek, Messi «Etihad — Siti of Manchester» stadioni kiyinish xonasida Mikel Arteta bilan tortishib qolgan. The Independent nashrining UYeFA matbuot xizmatiga tayangan holda yozishicha, Messiga chora ko‘rilmaydi, chunki bu voqea o‘yin hakamining hisobotiga kiritilmagan. 

Mavzuga oid