Jahon | 11:45 / 06.11.2016
14284
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: IShIDning 5 qo‘mondoni millionlab dollar bilan qochib ketdi

IShIDning 5 nafar yuqori lavozimdagi qo‘mondoni Iroqning Naynavo viloyatidan terrorchilik guruhining g‘aznasidan millionlab dollarni o‘g‘irlab qochib ketdi. Bu haqda viloyatdagi manbaga iqtibos keltirgan holda "As-Sumariya" telekanali xabar berdi.   

Telekanalning ta'kidlashicha, o‘g‘irlangan pullar xususan jangarilarga maosh to‘lash uchun mo‘ljallangan bo‘lgan. 

Qochib ketgan jangarilar orasida guruhning g‘aznasi uchun javobgar bo‘lgan, Abu al-Bara al-Kaxtaniy nomi bilan ma'lum bo‘lgan qo‘mondoni ham bo‘lgan. 

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, guruh qo‘mondonligi jangarilarni topib, ularni jazolashni buyurgan. Ma'lum qilinishicha, jangarilar Suriyaga qochishgan.

Mavzuga oid