Amerikaning KC-135 rusumli yonilği quyuvçi samolyoti Iroq ğarbida halokatga uçradi. AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligiga köra, hodisa Eronga qarşi «Epik ğazab» nomli amaliyot doirasida «döstona mamlakat havo kengligi»da röy bergan.

«Hodisada ikki samolyot iştirok etgan. Ulardan biri Iroq ğarbida halokatga uçragan, ikkinçisi qönişga muvaffaq bölgan. Bu duşman zarbasi yoki döstona zarba bilan boğliq emas», – deyiladi Amerika qömondonligi bayonotida.

CBS News ma’lumotiga köra, «hodisa»da iştirok etgan ikkinçi samolyot ham KC-135 rusumli yonilği quyuvçi samolyot bölib, uning korpusi şikastlangan va Tel-Avivga kelib qöngan. 

Qulagan samolyot bortida ekipajning qança a’zosi bölgani va ularning hozirgi holati haqida xabar berilmagan.

Öz navbatida «Iroqdagi islom qarşiligi» nomli eronparast guruh KC-135 rusumli yonilği quyuvçi samolyotini urib tuşirgani haqida e’lon qilgan. Guruhning Reuters agentligi tomonidan iqtibos keltirilgan bayonotida samolyot «mamlakat suvereniteti va havo hududini himoya qiliş maqsadida» urib tuşirilgani aytilgan.

Reuters agentligi xabar qilişiça, qulagan samolyot bortida «olti nafargaça harbiy xizmatçi bölgan».

Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.

Töldiriş: AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi samolyot qulaşi oqibatida ekipajning 4 a’zosi halok bölganini tasdiqladi, qidiruv işlari davom ettirilmoqda. 

Şuningdek, hodisada iştirok etgan ikkinçi samolyot fotosuratlari paydo bölgan – dum qismidan şikastlangan yonilği quyuvçi samolyot Tel-Avivga qöngan. Amerika qömondonligi bu aviahalokat «duşman zarbasi yoki döstona zarba» bilan boğliq emasligini takrorlagan.

KC-135 – AQŞning Yaqin Şarqdagi yangi uruş davomida yöqotgan törtinçi samolyoti böldi. Eronga qarşi harbiy amaliyotning dastlabki kunlarida Kuvayt osmonida Amerikaning F-15 rusumli uçta qiruvçi samolyoti mahalliy havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgandi.