Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin AQSh bilan harbiy sohadagi kelishuvlarni bekor qilmaydigan bo‘ldi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQSh bilan harbiy sohadagi kelishuvlarni bekor qilmaydigan bo‘ldi, biroq o‘zaro harbiy tadbirlar kamroq o‘tkaziladi, deb ma'lum qildi Filippin mudofaa vaziri Delfin Lorenzana. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Uning aytishicha, Filippinning AQSh bilan xavfsizlik borasidagi ittifoqchilik munosabatlari, jumladan amerikalik harbiylarning Filippinda joylashishini ko‘zda tutuvchi kelishuv ham barbod qilinmaydi.
"Bu kelishuvlar kuchda qoladi. Ular bekor qilinmaydi. Biroq biz tadbirlar sonini kamaytiramiz", deb aytgan Lorenzana.
Avvalroq Filippin prezidenti uning davlati ikki yil ichida xorijiy harbiylardan xalos bo‘lishini aytgandi. AQSh Filippinni mintaqadagi asosiy ittifoqdoshlaridan biri deb hisoblaydi. Tomonlar muntazam ravishda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelishadi.
Mavzuga oid
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026