Jahon | 12:35 / 08.11.2016
5720
2 daqiqa o‘qiladi

Obama o‘z rahbarligi vaqtida AQSh yanada kuchliroq bo‘lganiga ishonmoqda

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Barak Obama Pensilvaniya shtati Filadelfiya shtatida tashkil etilgan mitingda demokratlar nomzodi Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlab ma'ruza qilgani haqida avval xabar qilingan edi. Davlat rahbarining o‘z nutqida ishonch bildirishicha, AQSh uning rahbarligida "yanada kuchli va hurmatga sazovor davlat"ga aylangan. Bu haqda Amerika OAV xabar qilmoqda. 

Xususan, sog‘liqni saqlash sohasida o‘tkazilgan islohotlar natijasida, davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 20 milliondan ortiq amerikalik tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lgan. 

"Biz xorijdagi harbiy xizmatchilarimizni uylariga qaytardik. Biz Usoma bin Lodinni yo‘q qildik. Amerika yanada kuchli va hurmatli mamlakatga aylandi", — degan Barak Obama. 

U shuningdek, yana bir Hillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlab, Donald Trampni tanqid qilgan va milliarderni "iqtisodiy masalalarni tushunmaslik"da ayblagan.
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid