Jamiyat | 10:22 / 09.11.2016
5925
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdan Kanadaga immigratsiya qilishda yordam beruvchi sayt ishlamay qoldi

Foto: gizmodo.com

Kanadaga ko‘chib o‘tish va fuqaroligini olish ma'lumotlarini taqdim etuvchi sayt ishlamay qoldi, deb xabar qilmoqda Gizmodo.

Saytga kirishga urinish bir necha soniya davom etgach, ekranda xato to‘g‘risidagi axborot paydo bo‘ladi va bosh sahifaga o‘tish imkoni yo‘qligidan ogohnoma paydo bo‘ladi. 

Ta'kidlanishicha, saytga kiruvchilar soni ko‘p bo‘lgan vaqtda shunday muammoga duch kelinadi. Taxminlarga ko‘ra, respublikachilar nomzodi Donald Tramp g‘alaba qozonish borasida katta imkoniyatlarga egaligi xususidagi xabarlardan so‘ng, Kanada ko‘chishni istaganlar soni ortgan bo‘lishi ehtimol. 

Shu bilan birga, The Telegraph nashrining yozishicha, Qo‘shma Shtatlarda «ko‘chib ketish» («emigrate») so‘zini internet qidiruviga berganlar soni keskin oshgan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid