Jahon | 07:32 / 09.11.2016
8846
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikada prezident saylovi rasman tugashiga bir necha soat qoldi

Foto: Seamas Culligan / Globallookpress.com

AQShda mamlakat prezidentligi uchun umumxalq saylovlari qizg‘in tusda davom etmoqda. Yana bir necha soatdan so‘ng (Toshkent vaqti bilan soat 10:00), ovoz berish uchastkalarining oxirgisida eshiklar yopiladi. 

Hozircha, 14ta shtatda berilgan ovozlarning dastlabki natijalari e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp o‘z raqibi, demokrat Hillari Klintonga imkoniyatni boy bermoqda, deb xabar qilgan CNN telekanali.

Shunday qilib, sobiq davlat kotibi hisobida zarur bo‘lgan 270 nafardan 68 nafar saylovchi bo‘lsa, Tramp 48 nafar saylovchining ovoziga umid qilsa bo‘ladi. Milliarder Oklaxoma, Illinoys, Indiana, Kentukki, Tennessi, Missisipi va Viskonsinda yetakchilik qilgan, uning raqibi — Illinoys, Nyu-Jyersi, Merilend, Delaver, Vermont, Massachussets, Rod-Aylend va Kolumbiya federal okrugida g‘alaba qozongan. 

Ayni vaqtda, «tebranuvchi» shtatlar — Nyu-Hempshir, Florida, Shimoliy Karolina va Ohayo shtatlarning natijalari noma'lum bo‘lib turibdi. 

Mazkur shtatlardagi g‘alaba, ko‘p hollarda, mamlakat prezidentlik saylovidagi natijasiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid