YeXHT kuzatuvchilari AQShdagi saylovlarda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini qayd qilishdi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari AQShda prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi vaqtida mayda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini qayd qilishdi. Bu haqda Sputnik axborot agentligiga YeXHTning Parlament Assambleyasi sobiq prezidenti Ilkka Kanerva ma'lum qildi.
"Aslida, men hozircha YeXHT kuzatuvchilari hisobotini ko‘rmadim, biroq menga ma'lum bo‘lishicha, bir nechta qoidabuzarlik bo‘lgani ma'lum qilingan, biroq ular tegishli doiradan tashqariga chiqmaydi", deb aytdi Kanerva.
Kanervaning aytishicha, u "qandaydir yirik hodisalar, misol uchun, qandaydir turdagi kiberhujumlar" bo‘lganini eshitmagan.
"Donald Tramp – yangi prezident va buni o‘zgartirib bo‘lmaydi", deb o‘z so‘zlarini nihoyaladi Kanerva.
Mavzuga oid
13:00 / 20.06.2024
Rossiya YeXHT PAdagi ishtirokini to‘xtatmoqchi
12:23 / 30.05.2024
YeXHT DIIHB missiyasi ekspertlari O‘zbekistonga keldi
08:24 / 26.04.2024
YeXHT: Rossiya rasmiylari minglab ukrainaliklarni qo‘lga olgan
16:04 / 14.04.2024