Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining ehtiyojlarni baholaş missiyasi ekspertlari (YeXHT DIIHB) Özbekistonga keldi.
Taşrif dasturiga muvofiq ekspertlari qator vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati instituti vakillari bilan uçraşadi.
28 may, seşanba kuni missiya ekspertlari YeXHT DIIHB saylov departamenti katta maslahatçisi Keara Kastaldo hamda saylovlar böyiça maslahatçisi Kaxa Inaişvili Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev bilan uçraşdi.
Uçraşuvda tomonlar YeXHT DIIHB missiyalari tavsiyalarining saylovni kuzatiş natijalariga köra milliy saylov qonunçiligi va amaliyotiga tatbiq etilişini muhokama qildi.

Şuningdek, ekspertlar parlament quyi palatasi va saylov organlari tizimidagi özgarişlar bilan tanişdi. Uşbu özgarişlarga köra, mamlakatda saylov organlarining yagona markazlaşgan tizimi şakllantirilmoqda, parlament quyi palatasiga saylovlar aralaş saylov tizimi asosida ötkaziladi.
Ular Özbekistonda saylov jarayonlarini umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillarga muvofiq takomillaştirişga qaratilgan sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatladilar.








