Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiyada qatorasiga xet-trik qayd etish bo‘yicha dunyo rekordi o‘rnatildi
Xorvatiyaning «Drachitse Djyakovo» jamoasi hujumchisi Stepan Luchyanich qatorasiga xet-trik qilish bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi.
Xorvatiya chempionatining 3-divizioni vakili «Zrinski Drene»ga qarshi o‘yindagi xet-trik ushbu futbolchi uchun ketma-ket 5 uchrashuvda uchtadan gol urishi bo‘ldi.
Shu tariqa, Luchyanich Yaponiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Masasiji Nakayama o‘rnatgan rekordni yangiladi. Yapon futbolchisi 18 yil muqaddam qatorasiga 4 uchrashuvda xet-trik qayd etgandi.
Luchyanich «Drachitse Djyakovo»da klub rekordini o‘rnatgan — u mavsum boshidagi o‘yinlardan birida 6ta gol urgan va jamoa tarixidagi rekordni qayd etgan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026