Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada o‘zbekistonlik 17 ayol jinsiy qullikdan qutqarildi
Kuala-Lumpur politsiyasi 8 noyabr kuni Bukit Tseylon tumanida qo‘shmachilikda gumon qilingan ayolni qo‘lga oldi. New Strait Times nashri xabariga ko‘ra, tadbir davomida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 17 nafar ayol jinsiy qullikdan qutqarilgan. Bu ma'lumotni Tan Shri politsiyasining bosh inspektori Abu Bakar tvitterdagi rasmiy akkauntida tasdiqlagan.
Ozod qilingan ayollarning shaxsi ma'lum qilinmadi.
"Kuala-Lumpurda, Bukit Tseylonda qo‘shmachini hibsga olish bo‘yicha tadbir muvaffaqiyatli o‘tgani va o‘zbekistonlik 17 nafar ayolning qutqarilgani bilan tabriklayman", — deb yozgan u.
U shuningdek, tumanda odam savdosiga va muhojirlar kontrabandasiga qarshi kurash darajasini yuqori baholagan.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026