Ruminiya va Polsha terma jamoalarining Buxarestdagi o‘rtoqlik uchrashuvi arafasida tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi.
Gazeta Sporturilor nashrida xabar qilinishicha, mehmon fanatlarning ikki guruhi shahardagi Frantsuz ko‘chasida ro‘parama-ro‘para kelgan va muxlislar o‘zaro mushtlasha boshlagan. Politsiyachilar va maxsus topshiriqli bo‘linma jangchilari tez orada vaziyatni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Tartibsizliklar 5 daqiqa davom etgan. Lekin polyaklar kafeni vayron qilishga va atrofdagi ko‘p obektlarga ziyon yetkazishga ulgurgan.
Qayd etilishicha Polshadagi «Legiya» va «Visla» jamoalari muxlislari o‘zaro ziddiyatga kirishgandi.