Ukraina mamlakat fuqarolik infratuzilmasini himoya qiliş uçun Patriot rusumli raketaga qarşi tizimlar hamda Rossiyaga qarşi kuraşişda Ğarb tipidagi tanklarga juda muhtoj. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba NATO sammiti yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Sammit yakuniga köra, alyans a’zolari Kiyevni töliq qöllab-quvvatlaşlarini yana bir bor tasdiqladi, biroq havo hujumidan mudofaa tizimlari yoki tanklar yetkazib beriş haqida heç qanday bayonot berilmadi.

2022 yil oktyabr oyi boşidan buyon Rossiya Ukrainadagi fuqarolik obektlarini muntazam ravişda öqqa tutib kelmoqda, buning natijasida mamlakat aholisi elektr, issiqlik tizimi, aloqa va suvning tez-tez öçirilişi şaroitida yaşaşga majbur bölmoqda. Qişda havo harorati keskin pasayişi bilan bu holat ança jiddiy muammoga aylanişi mumkin.

Kiyev Rossiya harbiylarining mamlakat energetika tizimiga yangi hujum boşlaşidan xavotirlanmoqda, şu bois Kuleba Germaniya Ukrainaga Patriot tizimlaridan foydalanişga ruxsat berişiga umid bildirdi. Berlin şu turdagi tizimlarni Polşaga, uning hududiga ikkita raketa qulagandan söng yetkazib bergandi.

«Bizning iltimosimiz oddiy: Patriot’larni imkon qadar tezroq bering, çunki tinç aholi va muhim infratuzilmalarni himoya qiliş uçun Ukrainaga bu tizim kerak. Bu hujum quroli emas», degan Ukraina taşqi işlar vaziri.

Şuningdek, u Ukraina qurolli kuçlari Rossiya armiyasiga muvaffaqiyatli qarşilik körsatiş uçun Ğarb tipidagi tanklarga ehtiyoji borligini aytib ötgan.

Rossiyaliklarning Ukraina energetika tizimiga zarbalari tufayli mamlakat aholisi tok va issiqliksiz yaşaşga könikmoqda. Foto: EPA

Ğarb harbiy ekspertlari fikriça, Rossiya frontda zirhli texnika böyiça ustunlikka ega, çunki ularda sovet davridan qolgan katta zaxiralar mavjud. Ukraina jang maydonida juda köp rus tanklari va boşqa texnikalarini qölga kiritişga muvaffaq böldi, ammo hozirda hujum qurollari sohasida baribir Rossiya bilan tenglikka erişa olmaydi.

«Bizga zirhli texnikalar, ayniqsa qişda foydalaniş uçun gusenik zanjirli texnikalar kerak. Şuningdek, bizga NATO tipidagi tanklar ham kerak va bu qaror (qurollarni yetkazib beriş qarori) imkon qadar tezroq qabul qilinişi lozim», degan Kuleba.

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg, öz navbatida, alyansning hozirgi asosiy vazifasi Ukrainaga Rossiya ustidan ğalaba qozonişi uçun yordam beriş ekanini aytdi. Sammitda iştirok etgan barça taşqi işlar vazirlari harbiy, iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar masalalarda butun kuçlarni Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun safarbar qilişga va’da berdi.