Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Shell Braziliyaga 10 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi
Niderlandiya-Britaniyaning Royal Dutch Shell kompaniyasi kelasi besh yil mobaynida Braziliya neft konlarini o‘zlashtirishga 10 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashri kompaniyaning suvosti loyihalari bo‘yicha vitse-prezidenti Vael Savanga tayangan holda yozmoqda.
«Biz bugungi kunda, yirik xorijiy investormiz. Har yili biz 2 mlrd dollardan sarmoya kiritamiz», — degan Savan.
Ma'lum bo‘lishicha, mazkur kompaniya shu paytga qadar Braziliyadagi loyihalariga 30 mlrd dollar atrofida mablag‘ kiritgan, bundan tashqari mamlakat bo‘ylab 5,5 ming yoqilg‘i quyish shaxobchalarining operatori hisoblanadi.
Ekspertlarning fikricha, Shell kompaniyasi yaqin yillarda Braziliya hududida kuniga 400 ming barrel neft qazib olishni boshlaydi.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026