Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiya qirg‘oqlari yaqinida 7,5 balli zilzila qayd etildi
© Foto: Roskosmos
Tinch okeani hududidagi Yangi Zelandiya qirg‘oqlari yaqinida 7,5 balli yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi mahalliy vaqt bilan soat 11.02da, Amberli shahridan 63 kilometr, Kraystcherch shahridan 93 kilometr janubi-sharqdagi nuqtada qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 8 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Hodisa qurbonlari va talofatlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Tsunami xavfi haqida ham e'lon qilinmagan.
Yangi Zelandiya Tinch okeanining "olovli belbog‘i" — vulqonlar va tektonik harakatlar faol bo‘lgan hududda (40 ming kilometr) joylashgan. Bu "belbog‘" Tinch okeanining g‘arbiy chekkalaridan Janubiy va Shimoliy Amerikagacha (Alyaskaning janubiy chekkalari, Yaponiya, Filippin, Indoneziya, Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya hamda Okeaniyaning janubi-g‘arbiy qismlari bo‘ylab o‘tadi. Aynan "Olovli halqa"da sayyoraning asosiy vulqonlari joylashgan. Shuningdek, bu hududga yer yuzida ro‘y beradigan zilzilalarning 90 foizi to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
14:57 / 04.12.2025
Yangi zelandiyalik shaxs g‘ayrioddiy o‘g‘irlikda ayblanmoqda: u qimmatbaho taqinchoqni yutib yuborgan
18:13 / 11.10.2025
Yangi Zelandiya fuqarosi dunyodagi eng uzun ism sohibi sifatida rekord o‘rnatdi
23:46 / 22.09.2025
Yangi Zelandiya aholisi bir kechada «695 milliardga» yetdi
20:17 / 11.08.2025