Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Useyn Bolt futbolchiga aylanishi mumkin
Foto: imago sportfotodienst/Globallookpress
Dunyoning eng chopag‘on insoni, yamaykalik sprinter Useyn Bolt The Guardian nashriga bergan intervyusida yengil atletikadan ketgach, ehtimol professional futbolchiga aylanish variantini ko‘rib chiqishi haqida aytdi.
Uning ta'kidlashicha, u Dortmundning "Borussiya" klubi bilan bir nechta mashg‘ulotlar o‘tkazib, bundan nima chiqishini ko‘rmoqchi. Biroq uning aytishicha, u "Manchester Yunayted" klubiga muxlisilik qiladi va klub bosh murabbiyi Joze Mourino bilan uchrashishga qarshi emas.
"Agar men "Manchester Yunayted" uchun o‘ynay olganimda, bu orzuim amalga oshsa, juda ajoyib bo‘lardi", deb aytgan 30 yoshli Bolt.
Bolt 9 karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U Pekin (2008), London (2012) va Rio-de-Janeyro (2016) Olimpiadalari ishtirokchisidir.
Mavzuga oid
19:13 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda barpo etilayotgan stadionni ko‘zdan kechirdi
23:12 / 27.02.2026
Mundial yilidagi mavsum: kim favorit?
15:01 / 12.02.2026
«O‘zbekneftgaz» futbol klublariga homiylik qilishni to‘xtatadi
14:47 / 04.05.2025