Jamiyat | 11:01 / 13.11.2016
89394
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Aytchi qizcha, sen bugun ovqatlandingmi?

“Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida yosh qizcha haqida joylashtirilgan videorolik barchani larzaga soldi. Unda hali balog‘atga yetmagan qizcha va videorolik muallifi o‘rtasida kechgan savol-javob o‘z aksini topgan.

- Isming nima?
- Bilmayman.
- Dadang qani?
- Halok bo‘ldi. (Yig‘lamsirab)
- Qayerda?.
- Halabda. (Yig‘lab yuboradi).
- Bugun nimadir tamaddi qildingmi?
- ... (Alamdan yer chizish)

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu videorolikka nisbatan qizg‘in fikrlarini bildirib o‘tishgan. 

Yuqoridagi gaplar jurnalist sifatida yozish kerak bo‘lgan jumlalar ketma-ketligi edi...

Endi oddiy bir inson sifatida biroz fikr yuritsak, kuchimiz, qurbimiz, aqlimiz yetgunicha...

Men ham insonman, degan kishi bor-ki, yon-atrofida bo‘layotgan bu kabi xunrezliklardan, vahshiyliklardan dili vayron bo‘ladi, yuragi qon yig‘laydi... Chunki u inson, insoniyatning bir bo‘lagi. Ana shu insoniyat esa bugun noma'lum qora bo‘shliqqa kirib boryapti...

Vahimali gaplar, shundaymi? Yo‘q, unday emas, biroz fikr yuritishga undovchi gaplar, xolos.

Biz u qizchaga yordam bera olmaymiz, biz u qizchaning shu kunga tushishiga sababchi bo‘lgan kunlarni ham yengillashtira olmaymiz. Xo‘sh, unda qo‘limizdan nima keladi?

Ko‘p narsa...

Bu ko‘zlardagi kulgiga qarab shukrni; bu ko‘zlardagi uyatga qarab hayoni; bu ko‘zlardagi yoshlarga qarab rahmni, qizchaning sabriga qarab tadabburni; boshiga tushgan kuniga qarab istig‘forni; umuman, unga qarab insoniylikni o‘rganish...

Bu hodisa insonni yana bir bor noshukrlikdan yiroq bo‘lishga chorlaydi, balki...

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi

Mavzuga oid