Jamiyat | 16:36 / 14.11.2016
12111
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng ma'yus oq ayiq savdo markazidan okeanariumga ko‘chirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "dunyodagi eng ma'yus oq ayiq" sifatida tanilgan Pitstsa laqabli yirtqich Xitoyning Guanchjou shahridagi savdo markazidan (SM) okeanariumga ko‘chirildi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi. 

YouTube'dagi videotasvirdan keyin mashhur bo‘lib ketgan ayiq volerdagi ta'mirlash ishlari tufayli vaqtinchalik savdo markazini tark etadi. Yangilanish ishlaridan keyin Pitstsa SMga qaytadi. 

Manbaga ko‘ra, okeanariumda Pitstsa uzoq vaqt davomida birinchi marta ochiq osmon va quyoshni ko‘rishga muvaffaq bo‘lar ekan. SMda u "biton qafas"da yashagan, yirtqichni odamlardan shisha to‘siq ajratib turgan. 

Pitstsaga "dunyodagi eng ma'yus oq ayiq", deya nom berilishiga tarmoqlarda tarqalgan suratda ayiqning kuchli apatiya va stressda bo‘lganligi ko‘rinib turgan surati sabab bo‘lgan. 

Ayiqning saqlanish sharoitiga birinchi bo‘lib Animals Asia tashkiloti vakillari e'tibor qaratishdi. Zoohimoyachilar Pitstsaning nisbatan qulay joyga ko‘chib o‘tishiga erishish yo‘lida harakat qilishmoqda, ularning fikricha, savdo markazi jonivorga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. 

SMga joylashtirilishining sababi esa - xaridorlarning u bilan birga selfi tushishga imkoniyat yaratish. Savdo markazida undan tashqari yana bo‘ri, shimol tulkilari, beluxa kitlar va morj bolalari mavjud. 

Mavzuga oid