Sport | 19:47 / 16.11.2016
5497
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» yangi titul homiysi bilan 240 mln dollarlik shartnoma imzoladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi o‘zining rasmiy saytida Yaponiyaning Rakuten kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Rakuten jamoaning bosh homiysiga aylandi va «Barselona» libosiga o‘z reklamasini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kelishuv 4 yilga imzolangan bo‘lib 2017/18 yilgi mavsum boshidan kuchga kiradi.

Kelishuvga ko‘ra, kompaniya o‘z nomi jamoa futbolkalarida aks etgani uchun har yili 60 mln dollardan to‘lanadi.

Rakuten kompaniyasi e-commerce tizimidagi yirik korxonalardan biri bo‘lib internet tarmog‘i orqali savdo ishi bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq «Barselona» Alibaba Group bilan shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid