Sport | 19:32 / 16.11.2016
4351
1 daqiqa o‘qiladi

Rayola o‘z mijozlaridan birini Maradona va Pele bilan tenglashtirdi

“Milan” darvozaboni Janluiji Donnarummaning agenti Mino Rayola mijozining boshqa klubga o‘tish ehtimoli haqidagi gaplarga izoh berdi.

“Men Donnarumma Modilyaniga o‘xshashini aytganman. U darvozabonlar ichidagi Pele va Maradona. Unga bo‘lgan talab katta. Uning kelajagi haqida hech nima deya olmayman. Men hattoki uning qachondir respublika prezidenti bo‘lishi mumkinligini rad qila olmayman, boshqa jamoaga o‘tishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi”, – dedi Rayola.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid