«Milan» va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Donnarumma özi uçun kim ibrat namunasi ekani haqidagi fikrini bildirib ötdi.

«Men oddiy bölib qoliş uçun köp harakat qilaman, kamtarligimni saqlab qoliş uçun barça işni qilaman. Ota-onam meni şunga örgatgan. Ayniqsa onam hamişa men özimni oddiy va kamsuqum tutişim kerakligini uqtiradi.

Otam duradgorlik qilişda davom etmoqda. U men unga yordam körsatişimni istamaydi. U menga yordam bergançalik yordam bera olmayman ham.

Otam hamişa aytadi: «Heç qanaqa tatu va sirğalar körmayin».

Şuning uçun men heç qaçon badanimni bunaqa narsalar bilan bezamayman», – degan Donnarumma.

Manba: Tribuna.uz